SportUz.Net

Robert Levandovski: "Ayrimlar futbolni mahsulot, futbolchilarni robot deb hisoblashadi"

18.03.2023 14:00    


Rasmni yuklab olish

"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski futbol muxlislarining futbolchilarga bo'layotgan talabi yuqori ekanligini aytdi.

"Bazida odamlar bizning ham inson ekanligimizni yoddan chiqarib qo'yadi. Ular bizni mashinalar, robotlar deb o'ylashadi va xuddi bizda yoqimsiz xotiralar, yomon kayfiyat bo'lmaydi deb hisoblashadi.

Ular bu fikrini o'zgartirmasa kerak deb o'ylayman. Barcha emas, ayrim insonlar futbolga mahsulot sifatida qaraydi. Ular bizni faqatgina mashg'ulot qilib yashaydi, boshqa ishi yo'q deb tushunadi. Biroq bizda ham hayot bor", - dedi Levandovski.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: