SportUz.Net
photo photo

Mirjalol Qosimov kechagi mag'lubiyatga izoh berdi

19.04.2021 09:50    


Rasmni yuklab olish

Osiyo chempionlar ligasi 2-turi doirasidagi AGMK - "Istiqlol" (2:3) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida olmaliqliklar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov qatnashdi va o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Ikkita har xil bo'limga guvoh bo'ldik. Birinchi taymda juda bo'sh o'ynadik. Futbolchilarga yutuq oson keladigandek tuyuldi. Bunday munosabat esa birinchi bo'limda jazosiz qolmadi albatta. Taym so'nggida standart vaziyatdan gol o'tkazib yubordik.

Ikkinchi bo'limda yaxshi harakat qildik. Qolaversa gol ham urdik. Lekin o'zimizning xatolarimiz evaziga g'alabani raqibga topshirib qo'ydik. O'yinga raqibni mensimagandek chiqqandek bo'ldik. Balki men jamoani ushbu bahsga yaxshi tayyorlay olmadim.

Qolaversa omad biz tomonda bo'lmadi. Hisob 2:0 ko'rinishiga kelganida gol urdik va ikkinchi golni ham urgandik. O'yin taraflama ham qo'shgandik.

Menimcha, hakam xatosi tufayli golimiz bekor bo'ldi. Lekin bu mag'lubiyatga bahona bo'lishi kerak emas. G'alaba bilan mag'lubiyat yonma-yon yuradi. O'zimizning xatolarimiz evaziga g'alabani raqibga topshirib qo'ydik.

Hali oldimizda 4 o'yin turibdi. Ishlaymiz va vaziyatni o'nglashga harakat qilamiz.


- Har 3 kunda o'yin bo'layotgani tufayli futbolchilarda charchoq alomatlari bugungi o'yinga tasir qildimi?

- Yo'q, hech qanday charchoq alomatlari yo'q. Hisobda ortda borayotganda hujum qildik, jismoniy taraflama muammo bo'lgani yo'q. Hamma gap miyada, fikrlashda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: