SportUz.Net
photo photo

Messi “Barselona” bilan 35-sovrinni qo'lga kiritdi

18.04.2021 08:50    


Rasmni yuklab olish

Ispaniya kubogi finalida “Barselona” “Atletik”ni (4:0) yirik hisobda taslim etdi.

Final bellashuvida “dubl” qayd etgan Messi faoliyati davomida Ispaniya kubogi finalida 10-marta ishtirok etib, 9 ta gol urishga erishdi. U bu ko'rsatkich bo'yicha rekordchi – “Atletik” afsonasi Telmo Sarrani (8 gol) ortda qoldirdi.

Argentinalik futbolchi “Barsa” tarkibida faoliyatidagi 35-sovringa ega chiqdi. U kataloniyaliklar bilan 10 marta Ispaniya chempionligi, 7 marta Ispaniya kubogi va 8 marta mamlakat Superkubogini qo'lga kiritgan.

Xalqaro maydonda esa Messi 4 marta CHempionlar ligasida, 3 bor Evropa Superkubogida va 3 marta klublar o'rtasidagi Jahon chempionligi g'olibligiga erishgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: