SportUz.Net
photo photo

Messi JCH-2026 da ishtirok etish haqidagi savolga javob qaytardi

03.02.2023 09:23    


Rasmni yuklab olish

Lionel Messiga keyingi JCHdagi ishtirok haqida savol berishdi.

- Bilmayman, lekin yosh sabab u erga borish qiyinligini doimo aytib kelganman. Futbol o'ynashni yaxshi ko'raman, menga qilayotgan ishim yoqadi. Hozircha formadaman va o'zimni yaxshi his qilyapman. Bundan zavq olishda davom etaman. Ammo keyingi jahon chempionatigacha hali uzoq vaqt bor. 


- Skaloni siz uchun 10-raqamni ushlab turibdi. Franciyaga qarshi o'yin JCHlardagi oxirgisi bo'lishi haqida gapirgandingiz. Demak, 2026 yil uchun JCH eshiklarini ochiq qoldiramizmi? 

- Aytyapmanku... Voqealar rivojidan ildamlab ketmoqchi emasman. Ammo yana qaytaraman, bu yoshda qiyin bo'ladi. Lekin barchasi faoliyatim qanday davom etishiga bog'liq. 

Yaqinda 36 ga to'laman va kareram qaysi tomon ketayotganini o'ylab ko'raman. SHundan keyin qaror qabul qilaman. Bularga ko'p narsa bog'liq", - dedi Lionel Messi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: