SportUz.Net
photo photo

Magomed Kurbanov Virjil Ortis - Tim Czyu jangi uchun zaxira varianti bo'lishga tayyor

26.04.2024 10:38    


Rasmni yuklab olish

RCC Boxing Promotions promouterlik kompaniyasi bokschisi Magomed Kurbanov Isroil Madrimov bilan bir oqshomda jang qilish istagini bildirdi.

Rossiyalik bokschi 3 avgust kungi oqshomdan o'rin olgan Tim Czyu - Virjil Ortis jangi uchun zaxira jangchisi bo'lishga tayyor ekanini malum qildi. 

"Men zaxira jangchisi bo'lishga tayyorman! Turki Al ash-SHeyx, Eddi Xirn, RCC Boxing, DAZN, buni bilib qo'yganingiz yaxshi. Agar Ortis yoki Czyu qandaydir sabab bilan jangga chiqa olmasa, men ringga ko'tarilishga tayyor bo'laman! Menda viza bor, faqat qachon yo'lga chiqishimni aytsanglar bo'lgani", — deya Kurbanovning so'zlarini keltirmoqda RCC Boxing Promotions matbuot xizmati.

Eslatib o'tamiz, Magomed Kurbanov so'nggi jangida hamyurtimiz Isroil Madrimovga texnik nokaut evaziga mag'lub bo'lgandi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: