SportUz.Net
photo photo

Naoya Inoue nokaut evaziga g'alaba qozondi va kamarlarini himoya qildi

06.05.2024 19:19    


Rasmni yuklab olish

Yaponiya poytaxti Tokio shahrida professional boks oqshomi tashkil etildi.

Kechaning markaziy jangida ikkinchi engil vazn toifasida (-55,3 kg) mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue meksikalik Luis Neriga qarshi jang qildi.

Bahsning ilk raundida yaponiyalik bokschi nokdaun holatiga tushib qoldi, ammo u tezda o'ziga keldi va ikkinchi raundda raqibini nokdaunga tushirdi.

6-raundga kelib Inoue raqibini nokautga uchratdi.

SHu tariqa, Inoue o'ziga tegishli WBC, WBA, IBF va WBO kamarlarini o'zida saqlab qoldi. 

Malumot uchun, hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev o'z janglarini ushbu vazn toifasida o'tkazadi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: