SportUz.Net

Niderlandiya van Gal qaytganidan keyin ilk bor mag'lub bo'ldi

10.12.2022 16:23    


Rasmni yuklab olish

Bungacha bosh murabbiy qo'l ostida "Lolalar yurti" jamoasi 14 g'alaba va 5 durang qayd etgandi.

Lui van Gal qo'l ostidagi Niderlandiyaning mag'lubiyatsiz seriyasi yakuniga etdi. Kecha jamoa JCH-2022 1/4 finalida Argentinaga (2:2, penaltilar bo'yicha – 3:4) yutqazdi. Bu van Galning Niderlandiya bosh murabbiylik lavozimiga qaytganidan keyingi ilk mag'lubiyatidir.

Bugungi kunga qadar Niderlandiya so'nggi mag'lubiyatini 2021 yilning 27 iyunida CHexiyadan qabul qilib olgandi (0:2). Van Gal o'sha yilning avgust oyida bosh murabbiylik lavozimiga qaytdi va kechagi bahsgacha terma jamoa 14 g'alaba va 5 durangdan iborat seriyaga ega bo'lib turgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: