Uchrashuvda faol harakat qilgan Lionel Messi avvaliga, o'yinda chiroyli tarzda hisobni ochdi va keyin Enco Fernandesning goliga hammuallif bo'ldi.
SHu tariqa, Messi JCHda bir o'yin davomida gol+pas bergan yoshi eng katta futbolchiga aylandi – 35 yosh-u, 155 kunlik (Squawka manbasi). U mazkur natija bo'yicha 2006 yil Serbiyaga qarshi bahsda eng yosh futbolchiga ham aylangan – 18 yosh-u, 357 kunlik.
Bundan tashqari, Leo 5 ta mundialning har birida assistga erishgan ilk futbolchi sifatida rekord qo'ydi:
2006 – 1 ta;
2010 – 1 ta;
2014 – 1 ta;
2018 – 2 ta;
2022 – 1 ta.
Osiyo chempionati. O'zbekiston ayollar terma jamoasi eng ko'p finalchi bilan ishtirok etadi
Tayson Fyuri Usik bilan revanshga ikki hafta qolganida qanday holatda ekanligini ko'rsatdi (FOTO)
Sergey Bogachukning promouteri Madrimovga qarshi bekor bo'lgan jangga munosabat bildirdi