"Mazkur yig'ilishda murabbiylar tomonidan chempionat uchrashuvlari sonini oshirish masalasi ham ko'tarildi. Ayrimlar taklifiga ko'ra, buning uchun ligada jamoalar sonini 16 taga etkazish kerak. O'zbekiston Professional futbol ligasi esa Superliga va Pro liga o'rtasidagi sport principlarini hurmat qilishga chaqirishi barchaga malum. O'yinlar sonini esa boshqa yo'l bilan ham oshirish imkoniyati mavjud.
SHundan kelib chiqib, O'zPFL taklif ishlab chiqdi. Tez orada u muhokamaga qo'yiladi. Taklif etilayotgan formatda ilk navbatda futbol muxlislarining xohish-istaklari inobatga olingan. Yani, bunda markaziy o'yinlar sonini ko'paytirish hamda o'tkinchi o'yinlar sonini kamaytirish masalasi asosiy planga olib chiqilgan.
O'zbekiston Professional futbol ligasi nafaqat 16, balki 18 talik ligani ham amalga tadbiq qilishi mumkin. Biroq buning uchun O'zbekistonda licenziyalash talablariga to'liq javob beradigan kamida 20-22 ta klub mavjud bo'lishi kerak. Ayni vaqtda esa bizda bunday klublar soni 12-14 tani tashkil qiladi. Teletranslyaciyalardan pul ishlash hamda foydani jamoalar o'rtasida taqsimlash darajasiga etib borilguniga qadar biz ligani kuchaytirishning boshqa muqobil variantlarini izlashga majburmiz", – deyiladi O'zPFL xabarida.
Avvalroq SHahboz Beg'amov Telegram'dagi safifasida jamoalar soni oshishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.
Sergey Bogachuk: "Madrimovning Virjil Ortis bilan jangi elon qilinishi - bu shunchaki hazil"
Bugun olti bokschimiz Osiyo chempionatida ringga ko'tariladi (ro'yxat+janglarning boshlanish vaqti)
Bogachukning promouteri Isroil Madrimovga yana bir yangi jang berilganiga munosabat bildirdi