Angliya – Eron 6:2
Uchrashuvda dublga erishgan Bukayo Saka “man of the match” sovrinini qo'lga kiritdi. U 43-daqiqada Xarri Maguarning uzatmasini golga aylantirdi va 62-daqiqada Rahim Sterlingning pasidan unumli foydalandi.
Senegal – Niderlandiya 0:2
Bahsda hisobni ochgan Kodi Gakpo o'yinning eng yaxshi futbolchisi nomiga loyiq ko'rildi. U 84-daqiqada raqib darvozasini ishg'ol etdi.
AQSH – Uels 1:1
Garet Beyl 82-daqiqada penaltidan unumli foydalandi va jamoadoshlarini mag'lubiyatdan qutqardi. O'yindagi faol harakatlari uchun vinger “man of the match” sovriniga loyiq ko'rildi.