SportUz.Net

"Barselona"ning ikki futbolchisi maoshining kamayishiga rozi bo'ldi

20.11.2022 17:00    


Rasmni yuklab olish

Mark-Andre ter SHtegen hamda Frenki de Yong "Barselona"dagi maoshi kamayishiga rozi bo'ldi.

Klub prezidenti Joan Laporta futbolchilarga agarda maoshining pasayishiga rozi bo'lmasa, yanvar oyida moliyaviy feyr-pley sababli yangi futbolchilarni transfer qila olmasligini tushuntira olgan. Undan tashqari, yangilarni olib kelish uchun "Barselona" bir qancha futbolchilarini sotib yuborishiga to'g'ri keladi.

"Mundo Deportivo" nashrining yozishicha, 2020 yili shartnomasini uzaytirgan Mark-Andre ter SHtegen hamda Frenki de Yong bilan "Barselona" rahbariyati maoshini pasaytirish borasida muzokaralar olib borilgan va tomonlarning fikri bir tomondan chiqqan. 

Ayni damda "Barselona" Memfis Depayning ketishi borasida ishlarni olib bormoqda. Ammo Memfis shartnomani ikki tomonlama bekor qildirib, erkin agent sifatida jamoadan ketishni istayapti, "Barselona" esa futbolchining ketishidan bir qancha mablag' ishlab olmoqchi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: