SportUz.Net
photo photo

Srechko Katanec: "SHomurodovning oyog'i mana shunday qola qolsin"

19.11.2022 15:00    


Rasmni yuklab olish

O'zbekiston va Rossiya o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida Srechko Katanec hamda SHerzod Nasrullaev ishtirok etdi.

"Assalomu alaykum (o'zbek tilida). Qisqa gapiradigan bo'lsam, Rossiya bilan o'yinga tayyormiz. Kuchli jamoaga qarshi o'ynaymiz. Qozog'iston bilan o'yindan keyin tiklanishga harakat qildik. Mavsum oxiri va charchoq bo'lishi tabiiy. Bir futbolchimiz sog'lig'i tufayli ertangi bahsni o'tkazib yuboradi", – Srechko Katanec.

"Assalomu alaykum, ertangi raqibimiz juda kuchli. CHiroyli o'yin ko'rsatib, muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz", – SHerzod Nasrullaev.


- Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Valeriy Karpin 2001 yilda Rossiya safida o'ynayotganida, siz esa Sloveniya bosh murabbiyi bo'lib ishlayotganingizda, u bilan ikki marta to'qnash kelgansiz. Buni bilarmidingiz?
- Yo'q, buni bilmasdim. Bu o'tmish, biz esa oldinga qarashimiz kerak.

- Rossiyaning Tojikiston bilan o'yinini ko'rdingizmi? Nima deya olasiz?
- Ha, albatta o'yinni ko'rdim. Birinchi navbatda, bahs suniy maydonda o'tganini aytish kerak. Men suniy maydonda o'ynashni hatto boshqa sport turiga qiyoslagan bo'lardim. SHaxsan menga suniy maydonda o'rtoqlik uchrashuvida o'ynashni taklif qilishsa, darhol yo'q deyman. Bunday maydonda hatto to'p ham boshqacha yuradi va sakraydi.

Rossiya safida ko'p futbolchilar debyut qilishdi. Tojikiston terma jamoasi ham yaxshi o'ynadi. O'yindan avval jurnalistlar Tojikiston autsayder deyishlari mumkin, ammo futbol o'zgardi. Hozir bunday tajovuzkor va yaxshi himoyalana oladigan jamoaga qarshi o'ynash qiyin.


- Rossiyaga qarshi xuddi Tojikistondek agressiv va kompakt o'ynashni rejalashtiryapsizmi? Yo'ldoshev nega chaqirilmadi?
- Albatta, jamoamdan shunday o'ynashni so'rayman. Rossiya va O'zbekiston chempionatlarini taqqoslasak ham farqni ko'rishimiz mumkin. Yo'ldoshev haqida birinchi matubot anjumanida ham aytgandim. U yanada kuchliroq bo'lishi kerak.

- Qozog'iston bilan o'yinda O'runovga 25 daqiqa vaqt berdingiz. U hozir klubsiz va jismoniy tomonlama tayyor emas. Ammo negadir Belarus chempionatida ajoyib o'ynagan Bobir Abdixoliqovga imkoniyat bermayapsiz?
- Albatta, Abdixoliqovning o'yinlarini kuzatib boraman. Odatda men klubsiz futbolchilarni terma jamoaga chaqirmayman. Ammo O'runovda menga kerak bo'lgan jihatlar borligi uchun chaqirdim. O'runov va Abdixoliqovning poziciyalari boshqa-boshqa. SHomurodov o'yinni asosiyda boshladi, uning o'rniga Sergeev tushdi. O'runov qanotlarda ham o'ynay oladi, Bobir ham bu joyda to'p tepa oladi. Ammo men shunday qaror qildim, albatta, men sizning fikringizni ham hurmat qilaman.


- Savol Nasrullaevga: Futbolchilarda Rossiyaning Tojikiston bilan o'yinidan keyin ularga qarshi bemalol o'ynash mumkin, degan fikr paydo bo'ldimi?

Yo'q, Rossiya kuchli jamoa. Ular Tojikiston bilan ikkinchi tarkibni tushirganini bilamiz. Bizga qarshi asosiy tarkib o'ynaydi va oson bo'lmaydi. Biz tayyormiz.


- Bugungi kunda himoya chizig'imiz kuchsizroq, bugungi kunda himoyachilardan qoniqyapsizmi?
- Doim himoyamiz kuchsiz, degan savol beriladi, ammo himoya hujumdan boshlanadi. Agar barcha poziciyalar yaxshi o'ynasa, natija ijobiy bo'ladi. Hujumchi va yarim himoyachilar o'z ishini yaxshi qilmasa, demak, himoyachilarga ish ko'payadi. Zamonaviy futbolchi har bir poziciyada alohida o'ynashi ilojsiz. Kuchli jamoalarga qarasangiz, himoyalanishga faqat himoyachilar javobgar emas. Himoyachi beradigan birinchi pas hujumga shiddat berishi mumkin.

- Valeriy Karpin SHomurodov "Rostov"da o'ynagan paytida uni "qiyshiq oyoq" derdi. Siz SHomurodovni qanday chaqirasiz?
- U mana shu oyoqlari bilan juda ko'p gollar urdi, demak, oyog'i mana shunday qola qolsin (kuladi).

- Karpin Tojikiston bilan o'yindan keyin O'zbekistonga qarshi boshqa tarkib tushadi deb aytdi. Siz ham ertaga rotaciya qilasizmi yoki Qozog'iston bilan o'ynagan tarkib deyarli o'zgarmaydimi?
- Balki, ertaga o'yinda ko'rasiz.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: