SportUz.Net

Laporta Superliga CHempionlar Ligasidan ustun ekanligini aytdi

14.11.2022 11:23    


Rasmni yuklab olish

"Barselona" prezidenti Joan Laporta Superligani tashkil etish tarafdori.

"Superligadan maqsad futbolni yaxshilash, uning barqarorligi uchun kurashish, klublarning bankrot bo'lmasligi, raqobatbardoshligini oshirish va resurslarga ega bo'lishdir.

Natijada Superliga CHempionlar Ligasining yaxshiroq versiyasiga aylanadi va meritokratiyaga asoslanadi, yani ochiq, klublarni kamsitmasdan, lekin klublarga ko'proq resurslar olish imkonini beruvchi kafolat va qoidalarga ega bo'ladi.

Seshanba kuni Superliga bosh direktori va UEFA prezidenti o'rtasidagi uchrashuv oldinga qo'yilgan muhim qadam bo'ldi", – dedi Laporta.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: