SportUz.Net
photo photo

Ekvador terma jamoasida soxta hujjat bilan o'ynayotgan futbolchi aniqlandi. CAS ularga jazo tayinladi

09.11.2022 10:25    


Rasmni yuklab olish

May oyida CHili futbol federaciyasi FIFAdan Ekvador terma jamoasini JCH-2022'dan chetlatishni talab qilgandi.

Bunga ekvadorliklar safida qalbaki pasport bilan o'ynayotgan futbolchi Bayron Kastilo sabab qilib ko'rsatilgan va u aslida Kolumbiya fuqarosi ekanligi malum bo'lgan. FIFA Kastiloga nisbatan ish ochgan, ammo 10 iyunda tartib-intizom qo'mitasi Ekvador foydasiga qaror chiqargan. Biroq, CAS (Sport arbitraj sudi)ga FIFA qarori ustidan bu safar Peri futbol federaciyasi appelyaciya bergan.

Tashkilot ishni o'rganib chiqdi va Kastilo Ekvador TJda o'ynash huquqiga egaligini ko'rsatdi, ammo hujjatlarni soxtalashtirgani uchun mamlakat termasini JCH-2026 saralashida uch ochkodan mahrum etish borasida qaror chiqardi. Bundan tashqari, sud Ekvador Federaciyasini 100 ming SHveycariya franki (taxminan 101,58 dollar) miqdorida jarimaga tortdi.

Eslatib o'tamiz, Ekvador JCH-2022 saralashida o'z mintaqasida 4-o'rinni egalladi. 5-o'rinni olgan Peru pley-offda Avstraliyadan o'ta olmadi. CHili esa kutilmaganda 7-pog'onada qolib ketdi.

23 yoshli fulbek Bayron Kastilo Ekvadorning “Barselona” (Guayakil) jamoasi azosi hisoblanadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: