SportUz.Net

Xaviga "Jirona"ning 19 yoshli himoyachisi kerak

08.11.2022 19:00    


Rasmni yuklab olish

Futbolchi kataloniyaliklar tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi "Jirona" futbolchisi Arnau Martinesga qiziqish bildirmoqda, chunki u o'ng qanot himoyasida imkoniyatlarini kengaytirmoqchi.

"Cadena SER" jurnalisti Kike Rodrigesning fikricha, transfer 20 million evroni tashkil qilishi mumkin.

Serji Roberto jarohati tufayli uzoq muddatga safdan chiqqani uchun tarkibda faqat Ektor Belerin qoldi – u bu poziciyada yagona.

Etiborlisi, 19 yoshli Martines "Barselona" tizimida sakkiz yil o'ynagan.

"Jirona" himoyachisi La Liga joriy mavsumida 10 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: