SportUz.Net
photo photo

Abdixoliqov va Sergeev o'ynayotgan jamoalar keyingi mavsum Evrokubokda o'ynaydi

07.11.2022 11:25    


Rasmni yuklab olish

Qozog'iston chempionatida joriy mavsum yakunlangani haqida xabar bergandik.

“Tobol” bronza medallariga ega chiqdi va Konferenciyalar Ligasi saralashiga yo'l oldi. Kostanayliklar musobaqani 2-kvalifikaciya raundidan boshlashi kutilmoqda. Yangi mavsumning saralash o'yinlari esa 2023 yilning 13 iyulidan start oladi.

Igor Sergeev o'ynayotgan jamoa bu mavsum ECHL saralashini ilk bosqichdayoq (“Ferencvarosh” – 0:0, 1:5) tark etdi va KL 3-kvalifikaciya raundida “Zrinski Mostar” (0:1, 1:1) to'sig'idan o'ta olmadi.

“Energetik-BGU” tarixda ilk bor Belarus yuqori divizionida mavsumni kuchli uchlikda yakunlaydigan bo'ldi. Jamoa kamida 2-o'rinni naq qilgan. Avvalroq, Bobir Abdixoliqov musobaqa tarixida bir mavsum davomida gol urish (26 ta) bo'yicha eng yaxshi legionerga aylanib olgani haqida xabar bergandik.  SHuningdek, ushbu jamoada o'zbekistonliklardan Abduqodir Husanov va Amirbek Baqoev ham harakat qiladi. 

Minskliklarni oldinda 12 noyabr kuni “Dinamo”ga qarshi oxirgi tur bahsi kutib turibdi. Peshqadam “SHaxtyor” (Soligorsk) esa shu kuni “Belshina” bilan bahs olib boradi. Oradagi farq ikki ochkoni tashkil etmoqda.

“Energetik-BGU” musobaqani ikkinchi bo'lib yakunlasa, keyingi mavsum Konferenciyalar Ligasi 2-saralash bosqichida ishtirok etadi. Agar chempionlik qo'lga kiritilsa, u holda jamoa CHempionlar Ligasi yangi mavsumini 1-kvalifikaciya raundidan boshlaydi. ECHLda saralash uchrashuvlari 2023 yil 27 iyundan start oladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: