SportUz.Net
photo photo

"Tottenxem" etakchisi safdan chiqdi

02.11.2022 19:50    


Rasmni yuklab olish

Londonning "Tottenxem" klubi etakchilaridan biri Son Xyon Min UEFA CHempionlar Ligasi guruh bosqichi 6-turi doirasida "Marsel"ga qarshi o'yinda jarohat oldi.

SHu sabab koreyalik hujumchi uchrashuvni yakunlay olmadi.

30 yoshli ijrochining jarohati haqidagi malumotlar hali aytilmadi. Yaqin orada u tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Eslatib o'tamiz, "Velodrom"da kechgan uchrashuv "shporlar"ning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangandi. Londonliklar CHempionlar Ligasi pley-off bosqichiga birinchi o'rin bilan chiqishdiyu

Son joriy mavsumda londonliklar safida 18 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: