SportUz.Net

MYU yana bir bor "Norvich" o'yinchisiga qiziqmoqda

02.11.2022 15:50    


Rasmni yuklab olish

Bundan avval ham "Manchester Yunayted" jamoa yulduzi Maks Aaronsga qiziqish bildirgan edi.

Yaqindagina esa "qizil iblislar" ushbu qiziqishni yanvarda qishki transferlar oynasida amaliy harakatga aylantirishi malum qilindi. 

Mankunianlar ustozi Erik ten Hag Diogu Dalotga raqobat tug'dirish uchun tarkibga yana bir o'ng qanot himoyachisini keltirish istagini yashirib o'tirmadi. "Yunayted" 22 yoshli futbolchiga ko'z tikayotgan 8 klubning biri bo'lib qolmoqda. 

Aarons ushbu mavsum "kanareykalar" safida 19 ta o'yinda ko'rinish berdi va uning jamoasi CHempionshipda 5-pog'onani band qilib turibdi. 

"Norvich" yozda "Borussiya" Myonxengladbaxning ijara taklifini rad etgan edi. Yamayka qoniga ega ingliz futbolchisini Transfermarkt portali 18 mln evroga baholamoqda. Uning amaldagi jamoasi bilan bitimi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: