SportUz.Net
photo photo

Superliga. Bugun "Navbahor" "Paxtakor" bilan o'ynaydi

07.04.2021 09:25    


Rasmni yuklab olish

Bugun Superliganing 5-turidan o'rin olgan dastlabki uchrashuv bo'lib o'tadi.

Hozirga qadar jamoalar chempionatlarda 60 uchrashuvda maydonga tushishgan. O'zaro o'yinlar bo'yicha ustunlik yaqqol "SHerlar" tarafida. 37 bahsda zafar quchgan "Paxtakor" 10 bor raqib bilan durang o'ynagan va 13 marta imkoniyatni boy bergan. "Paxtakor" 101 ta gol urgan bo'lsa, "Navbahor"da 47 gol bor.

Ayni paytgacha Namanganda bo'lib o'tgan 30 ta bahsning 12 tasida "Paxtakor" zafar quchgan bo'lsa, 6 o'yin durang bilan tugagan. Qolgan 12 uchrashuv "lochinlar"ning g'alabasi bilan yakunlangan. Namanganda "Paxtakor" 34 to'p kiritib, 28 gol o'tkazib yuborgan. O'tgan yil Namanganda o'tgan bellashuvda 1:1 hisobi qayd etilgan.

Bu jamoalarning oxirgi oltita o'yinida "Navbahor" g'alaba qozon olmagan - 4 ta durang, 2 ta mag'lubiyat. So'nggi bor "lochinlar" bu jamoani 2018 yilgi mavsum birinchi bosqichida, o'z maydonidagi o'yinda mag'lub etishgan - 1:0.

“Navbahor” va “Paxtakor” jamoalari o'rtasidagi o'yin 7 aprel, chorshanba kuni 18:30da Namangandagi "Markaziy" stadionda boshlanadi.

Coca Cola Superliga. 5-tur

7 aprel, chorshanba

NAVBAHOR – PAXTAKOR

Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Abduhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov, Farruh Yansupov

Nazoratchi: Marat Ismoilov

VAR hakami: Aziz Asimov

VAR assistentlari: Timur Galeev, Ziyodullo Abdurahmonov

VAR nazoratchisi: Farhod Abdullaev

Operator: SHerali Janaliev

Texnik mutaxassis: Otabek Sodiqov

Komissar: Said SHohruh



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: