SportUz.Net
photo photo

Xavi ECHLdagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng Laporta bilan bo'lgan suhbat haqida gapirdi

29.10.2022 11:50    


Rasmni yuklab olish

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Joan Laporta bilan bo'lgan suhbat haqidagi savolga javob berdi.

"Klub prezidenti bilan suhbatlashdimmi? Ha. Biz doim gaplashib turamiz. Har bir o'yinga birga boramiz. Bo'lib o'tgan ish haqida gaplashdik. CHempionlar ligasida bizga bog'liq bo'lmagan narsalar ham bor edi. Ish nazoratdan chiqib ketdi va biz kerakli natijaga erisha olmadik. 

Laporta bilan esa doim ko'rishamiz va gaplashamiz. Unga qoyil qolaman. Biz do'stmiz va o'rtamizda o'zaro ishonch bor, CHempionlar ligasida bo'lgan ishga qaramay. "Barselona" o'z g'oyalaridan chekinmoqchi emas. Albatta biz sovrinlardan birini yutish imkonini yo'qotdik, ammo boshqa sovrinlar uchun kurashish imkonimiz bor", - dedi Xavi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: