SportUz.Net

"Arsenal", "Tottenxem" va "Nyukasl" Makkennini kuzatib bormoqda

25.10.2022 18:00    


Rasmni yuklab olish

"Yuventus" yarim himoyachini 23 million evroga sotishga tayyor.

Turin klubi xavbeki Ueston Makkenni faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

24 yoshli amerikalik futbolchini "Arsenal", "Nyukasl", "Everton" va "Lids" skautlari kuzatib bormoqda.

Makkenniga uzoq vaqtdan beri "Tottenxem" ham qiziqib kelayotgandi.

"Yuventus" yarim himoyachini 23 million evrodan ko'proqqa sotishga tayyor. Makkennining o'zi kelajagini 2022 yilgi Jahon chempionatidan keyin belgilaydi.

Futbolchining turinliklar bilan kelishuvi 2025 yilning iyuniga qadar tuzilgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: