Taxminan ikki hafta oldin mersisaydlar bosh murabbiyi "Liverpul" endi Premer-liga chempionligi uchun kurashda ishtirok etmasligini aytgandi.
"Men "Liverpul"ga uning murabbiyidan ko'ra ko'proq ishonaman. Jahon chempionati oldidan bor-yo'g'i 10 tur o'tdi va hali yana bir qator o'yinlar, jumladan, evrokuboklar, kubok musobaqalari, jarohatlar bor...
Agar 6-7 o'yin qolgan bo'lsa, ha ["Liverpul" chempionlik poygasidan chiqib ketgandi] shunday deb aytsam bo'lardi. Ammo bor-yo'g'i 10 tur ortda qoldi – hali milliardlab narsa sodir bo'lishi mumkin", – dedi "Manchester Siti" ustozi.
10 ta o'yindan so'ng "Liverpul" APLda 7-o'ringa joylashgan, ikkinchi o'rindagi "Siti"dan esa 7 ochko ortda qolmoqda.
Bivol Beterbiev bilan revansh haqida: "Hakamlarda hech qanday shubha qoldirmasligim kerak"
Bahodir Jalolov: "Ikki-uch oy vaqt berilsa, Usik bilan jang qilishga tayyor bo'laman"