SportUz.Net
photo photo

Zidan "Liverpul"ning hujumchilari haqida gapirdi

05.04.2021 19:25    


Rasmni yuklab olish

"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan ECHLning 1/4 finali doirasida "Liverpul"ga qarshi o'yin haqida fikr bildirdi.

"Bu o'yin biz uchun finalga teng. Oldinda 180 daqiqalik o'yin bor. Ammo birinchi navbatda biz ertangi o'yin haqida o'ylayapmiz. Keyingisining vaqti keladi.

Klopp - juda katta tajribaga ega ajoyib murabbiy. Uning murabbiylik faoliyati doimo ko'zga tashlanib turadi.

"Liverpul"da jarohatlanganlarning o'rnini bosa oladigan futbolchilar bor. Ammo bizda ham yo'qotishlar etarlicha. Biroq "Real" baribir kuchli jamoa bo'lib qoladi. Doimo barchada yo'qotishlar bo'lib turadi.

"Liverpul" - yuqori maqsadlarga ega jamoa. Hujumdagi trio juda effektiv, jamoa birdam. Ular jamoaviy o'yinni yuqori o'ringa qo'yishadi", - dedi Zidan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: