Qatar amiri, Qatar futbol associaciyasi prezidenti Tamim bin Hamad at Tani OFK prezidenti SHayx Salmon bin Ibrohim al Halifadan Qatar mamlakatida Osiyo Kubogiga mezbonlik qilish sertifikatini qabul qilib oldi.
Osiyo qitasining eng nufuzli turniri dastlab Xitoy mezbonligi ostida 2023 yil 16 iyundan 16 iyulgacha o'tishi lozim edi, biroq ushbu davlat koronavirus bilan bog'liq holat sababli 2022 yilning mayida musobaqa mezbonligidan voz kechgan edi.
Endilikda mezbon rasman Qatar bo'lishi elon qilindi. 24 terma jamoa ishtirok etadigan musobaqa 2024 yilning boshida bo'lib o'tishi rejalashtirilmoqda.