
"Barselona" va "Real" to'qnashuvi doim muhim bo'lib kelgan. CHunki, bunday o'yinda g'alaba qozongan tomon yanada kuchli bo'ladi. Yutqazgan esa ruxiy zarba oladi. Agar biz yaxshi natijaga erisha olsak, turnir jadvalida etakchilikni davom ettiramiz, bu bizni yanada kuchli qiladi.
Bizda yaxshi o'yin tizimi bor. O'z navbatida, "Real" doimo oxirigacha kurashadi, buni tan olish lozim. Ushbu o'yin huddi o'tgan mavsumdagi kabi biz uchun oson kechishiga umid qilyapmiz", - dedi Laporta.
Eslatib o'tamiz, "Real" va "Barselona" uchrashuvi ertaga, 16 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:15 da boshlanadi.
Uaylder: "Pol - Joshua? Men bunday janglarga ko'rgazmali to'qnashuv sifatida qarayman"
Umar Kremlyov boks bo'yicha 2027 yilgi IBA Jahon chempionati qaerda o'tishi mumkinligini aytdi