SportUz.Net
photo photo

Kurtua "Barselona" bilan o'yinda qatnashadimi?

14.10.2022 14:50    


Rasmni yuklab olish

"Real"ning belgiyalik darvozaboni Tibo Kurtua Ispaniya chempionatining 9-turidan o'rin olgan "Barselona"ga qarshi o'yinda maydonga tushmasligi mumkin, deb xabar berdi "El Mundo Deportivo".

Manbaga ko'ra, posbon hali ham umumiy guruhda mashg'ulot o'tkazmayapti, shu bois uning kataloniyaliklar bilan bahsda ishtirok etishi dargumon. SHu tariqa, madridliklarning "El Klasiko"dagi asosiy darvozaboni katta ehtimol bilan ukrainalik Andrey Lunin bo'lishi mumkin.

"Real" – "Barselona" uchrashuvi 16 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.

30 yoshli Kurtua joriy mavsum "Real" safida 9 ta o'yinda maydonga tushdi va 6 ta gol o'tkazib yubordi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: