Uchrashuvdan keyin mersisaydliklar ustozi Yurgen Klopp o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Yaxshi formadagi jamoa (“Arsenal” nazarda tutilmoqda) yaxshi formada bo'lmagan jamoaga qarshi o'ynadi, ammo shunga qaramay yaxshi o'ynadik va o'zimizni ko'rsata oldik. O'ylashimcha, durang munosib natija bo'lardi, ammo endi buni qabul qilishga majburmiz. CHempionlik poygasi? Yo'q, undan chiqdik”, deydi Klopp.
Eslatib o'tamiz, “qizillar” turnir jadvalida 10 ochko bilan 10-o'rinda bormoqda. Jamoani APL doirasida oldinda 16 oktyabr kuni “Manchester Siti”ga qarshi bahs kutmoqda.
SHohasan Mirzamatovning navbatdagi raqibi va jang sanasi malum bo'ldi. Raqib - eski tanish