SportUz.Net

“Manchester Siti” APLda navbatdagi rekordni qayd etdi

09.10.2022 11:25    


Rasmni yuklab olish

Angliya chempionati 10-turida “Manchester Siti” 4:0 hisobida “Sautgempton”ni engdi.

APL matbuot xizmati xabar berishicha, “shaharliklar” musobaqada doirasida o'z maydonida o'tkazilgan ketma-ket besh uchrashuvda 4+ gol urgan ilk jamoa sifatida rekord qo'ydi.

Pep Gvardiola shogirdlari bungacha “Etihad”da “Manchester Yunayted” (6:3), “Nottingem Forest” (6:0), “Kristal Pelas” (4:2) hamda “Bornmut” (4:0)ni “tiz cho'ktirgan"di.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: