"Unga asosan sobiq murabbiyi oldidagi moliyaviy majburiyatlarni to'liq bajarmagani sabab "Aral samali" futbol klubiga nisbatan 45 kun muddat ichida zimmasidagi qarzdorlik masalasini bartaraf etish talabi yuklatilgan edi.
Agar klub belgilangan vaqt ichida mazkur nizoli vaziyatni hal etmasa, "Aral Samali"ga nisbatan ichki va xalqaro transferlarni amalga oshirish taqiqi avtomatik ravishda belgilanishi malum qilingan.
Biroq 7 oktyabr kuni FIFA Nikolay SHevchenkoning yuristlari murojaatiga asosan, "Aral Samali" futbol klubi belgilangan muddat ichida zimmasidagi moliyaviy majburiyatlarni bajarmadi, deya etirof etdi va klubga nisbatan transfer taqiqi belgiladi", – deyiladi O'zPFL xabarida.