Karim Benzemaning "Real" bilan shartnomasida kelishuv avtomatik ravishda uzayishi bo'yicha band mavjud.
Amaldagi shartnoma 2023 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
"Relevo" malumotlariga qaraganda, franciyalik futbolchi "Oltin to'p"ni qo'lga kiritsa, shartnoma avtomatik ravishda bir mavsumga uzaytiriladi, degan band bor.
2022 yilgi "Oltin to'p"ni topshirish marosimi 17 oktyabr kuni Parijda bo'lib o'tadi.
34 yoshli futbolchi La Liganing joriy mavsumida 5 ta o'yinda 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Kutilmagan xabar. UFC 320 turniri mezbonligi Meksikadan olib qo'yildi, yangi lokaciya malum!