Unga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi final ostonasida Yaponiya bilan bahs olib boradi. “Kunchiqar yurt” vakillari chorak finalda Indoneziyani 3:2 hisobida engdi, Bahodir Ahmedov shogirdlari esa mezbon Quvaytni 3:0 natijasi bilan taslim etishga erishdi.
1/2 final bahslari 6 oktyabrda bo'lib o'tadi:
19:00, O'zbekiston – Yaponiya
22:00, Tailand – Eron
Eslatib o'tamiz, musobaqaning hal qiluvchi uchrashuvi 8 oktyabrga belgilangan.