SportUz.Net

Iguain faoliyatini yakunlashini malum qildi

04.10.2022 09:50    


Rasmni yuklab olish

Hujumchi Gonsalo Iguain futbolchilik faoliyatini yakunlaydi.

"Inter Mayami" klubi matbuot xizmatining xabariga ko'ra, 34 yoshli argentinalik futbolchi MLSning ushbu mavsumi yakunlanganidan keyin butsalarini mixga iladi.

Ushbu mavsumda fovrard 21 o'yinda 14 gol va 3 assist qayd etdi. Futbolchilik faoliyati davomida Iguain "Real", "Yuventus", "Milan", "Napoli", "CHelsi", "River Pleyt" kabi jamoalar tarkibida o'ynagan.

"Inter Mayami"ning ushbu mavsumda ikki o'yini qoldi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: