SportUz.Net
photo photo

O'zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi jahon chempionatini g'alaba bilan boshladi

01.10.2022 16:25    


Rasmni yuklab olish

Turkiyaning Istanbul shahrida o'tkazilayotgan nogiron-amputantlar o'rtasidagi Jahon chempionatida 1-tur bahslari davom etmoqda.

Vakillarimiz ilk turda Polshani 3:1 hisobida mag'lub qilishdi. Gollarni Haydarali Tursunboev, Qudrat Xudoyqulov va Aziz Abdurahmonov urdi.

Polsha – O'zbekiston 1:3

"TFF Riva Facility" maydoni, Istanbul

Gollar: Lastovski 9' – Haydarali Tursunboev 11', Qudrat Xudoyqulov 34', Aziz Abdurahmonov 48'

O'zbekiston tarkibi: 1. Qudrat To'raxo'jaev (darvozabon), 12. Qudrat Sattorov (darvozabon), 21. Sunnatjon Ergashev (darvozabon), 3. Nuritdin Tursunov (himoyachi), 11. Azizjon Azimov (himoyachi), 2. Behzod Hakimov (himoyachi), 5. Nizom Mamasoliev (himoyachi), 4. Haydarali Tursunboev (yarim himoyachi), 14. Umidjon Sirojdinov (yarim himoyachi), 15. Zafar Nosirov (yarim himoyachi), 7. Qudrat Xudoyqulov (hujumkor yarim himoyachi), 6. Umidjon Abduhalimov (hujumkor yarim himoyachi), 17. Ulug'bek Toshpo'latov (hujumchi), 10. Aziz Abdurahmonov (hujumchi), 8. Abdujamil SHukurov (ham hujum ham himoyada o'ynaydi, sardor, besh karra jahon chempioni)

Bosh murabbiy: Rustam Mehmonov

Rustam Mehmonov shogirdlarining keyingi turdagi raqibi Evro-2021 kumush medali sohibi Ispaniya terma jamoasi bo'ladi. Uchrashuv 2 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 15:00 da start oladi.

17-Jahon chempionatida ishtirok etayotgan jamoalar



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: