"Argentinaning so'nggi o'yinlariga qarab ularning ajoyib holatda ekanligini ko'ryapman. SHuning uchun JCH-2022da ularga diqqat bilan yondoshishimiz kerak.
Jamoa himoyada ajoyib o'ynamoqda. Lionel Messi ayni paytda terma jamoadagi sheriklari bilan yaxshi harakat qilyapti. Bu esa o'yinni osonlashtiradi. SHuning uchun, Argentina sovrin uchun kurashda yaxshigina raqobat ko'rsatishini kutyapman. Ahir bu Messi uchun so'nggi jahon chempionati bo'lishi mumkin.
Argentinadan tashqari Franciya, Ispaniya, Germaniya kabi Evropa terma jamoalarini ham favoritlar qatoridan o'chirmaslik kerak. CHunki ularda ajoyib futbolchilar va boy tarix bor. Ular turnirga yaxshi formada etib kelishadi.
Qatardagi JCH boshqalaridan farq qiladi. CHunki futbolchilar to'rt haftalik yig'indan emas, o'zlarining eng yaxshi formalarida bo'lgan holatda etib kelishadi. SHu sababli farqlarni kuzatiz qiziq bo'ladi", - dedi Rivaldo.