SportUz.Net

Tojikiston Tailanddagi musobaqa g'olibiga aylandi

26.09.2022 08:00    


Rasmni yuklab olish

Tailandda tashkil etilgan futbol bo'yicha "Qirol Kubogi" turniri yakunlandi.

Musobaqaning final uchrashuvida Malayziya hamda Tojikiston terma jamoalari o'zaro to'qnash kelishdi. Murosasiz o'tgan bahsning asosiy vaqtida darvozalarga to'p kiritilmadi - 0:0

G'olib penaltilar seriyasida aniqlandi va bunda omad Tojikiston terma jaomasiga kulib boqdi. Rustam Yatimov raqibning 2ta penaltisini qaytarib jamoasining g'alabasiga munosib hissa qo'shdi. 

Tailand. "Qirol Kubogi". Final 

MALAYZIYA - TOJIKISTON 0:0 (0:3, penaltilar seriyasida)

Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi: Rustam Yatimov (Tojikiston)



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: