SportUz.Net

Keylor Navas O'zbekistonga qarshi o'ynaydimi?

21.09.2022 13:50    


Rasmni yuklab olish

Kosta-Rika terma jamoasi va "Pari Sen-Jermen" klubi 35 yoshli darvozaboni Keylor Navas milliy jamoaning Janubiya Koreya va O'zbekistonga qarshi o'yinlari uchun chaqirilmagan.

Aniqlik kiritilishicha, murabbiy Luis Fernando Suares Janubiya Koreya va O'zbekiston terma jamoalariga qarshi bahslar uchun joriy mavsum hali PSJ safida maydonga tushmagan tajribali posbonning o'yinidan yaxshi xabardor va unga ishonadi. Mutaxassis Jahon chempionati oldidan boshqa darvozabonlarni sinovdan o'tkazib ko'rmoqchi. Bu esa kosta-rikalik muxlislarning ajablanishiga sabab bo'ldi.

"Keylor Navasni sinovdan o'tkazish shart emasligi allaqachon malum. O'rtoqlik uchrashuvlaridan maqsad – qolgan darvozabonlarni ham sinab ko'rish", – dedi Suares.

Malumot uchun, terma jamoa yig'iniga darvozabonlardan Patrik Sekeyra ("Lugo", Ispaniya), Esteban Alvarado ("Erediano", Kosta-Rika) va Aaron Krus ("Deportivo Saprissa", Kosta-Rika) chaqirilgan.

Kosta-Rikaning Janubiy Koreyaga qarshi uchrashuvi 24 sentyabr kuni, O'zbekiston bilan uchrashuvi esa 27 sentbyarda Suvondagi Jahon Kubogi stadionida o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o'tamiz, Kosta-Rika Qatardagi Jahon chempionati "E" guruhida Ispaniya, Germaniya va Yaponiya bilan to'qnash keladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: