SportUz.Net

UEFA Rossiya Evro-2024 saralash bosqichida ishtirok etmasligini elon qildi

21.09.2022 07:50    


Rasmni yuklab olish

Tashkilot keyingi Evropa chempionatiga yo'llanma olish tartibi qay tarzda bo'lishini malum qildi.

UEFA bugun 2024 yili Germaniyada o'tkaziladigan Evropa chempionatiga saralash jarayoni qanday tartibda o'tkazilishini elon qildi. Unga ko'ra, musobaqa mezboni Germaniya terma jamoasi Evro-2024 guruh bosqichiga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma oladi. 

Maxsus komissiya Rossiya terma jamoasini shu yilning fevral oyida barcha musobaqalardan chetlashtirgandi. SHu tufayli ham Rossiya terma jamoasi Evro-2024 saralash bosqichida ishtirok etmaydi. 

Saralash bosqida 53 ta terma jamoa 10 ta guruhga bo'lingan holda ishtirok etadi. 7 ta guruhda beshta terma jamoa, uchta guruhda esa oltita terma jamoa ishtirok etadi. Barcha guruhlardagi birinchi va ikkinchi o'rinni egallagan terma jamoalar Evro-2024 guruh boschiqiga to'g'ridan to'g'ri yo'llanma olishadi. Qolgan jamoalar esa pley-off bosqichida ishtirok etishadi. 

Saralash bosqichi guruhlarini shakllantirishda 2022-2023 yilgi Millatlar ligasidagi natijalariga qarab, terma jamoalar ettita savatchaga bo'linadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: