"Real Madrid" 2022/23 yilgi mavsumni juda muvaffaqiyatli boshladi. Madridliklar mavsum boshida o'tkazilgan sakkiz o'yinning barchasida g'alaba qozonishdi, bu klubning 54 yildagi eng yaxshi seriyasi.
1961/62 yilgi mavsumda ham jamoa ketma-ket 8 ta o'yinda g'alaba qozongan. "Real" faqat 1968/69 yilgi mavsum boshida bundan yaxshiroq qatnashgan. O'shanda "qaymoqranglilar" ketma-ket 11 ta uchrashuvda g'alaba qozonishgan.
"Real" navbatdagi bahsini 18 sentyabr kuni o'tkazadi. Karlo Anchelotti jamoasi La Liganing 6-turida "Atletiko"ga qarshi bahs olib boradi.
Virjil Ortis: "Men u bilan jang qilmoqchiman - tez orada bu to'qnashuv amalga oshadi"
UAE Warriors chempioni Xotambek Boynazarovning keyingi jangi sanasi va manzili malum bo'ldi