Agar jamoa Italiya chempionati doirasidagi yaqin ikki o'yinda omadsiz natija qayd etsa, mutaxassis istefoga chiqariladi. "Keksa sinora" keyingi ikki o'yinni "Torino" va "Napoli"ga qarshi o'tkazadi.
"Yuventus" omadsiz mavsum o'tkazmoqda. Jamoa CHL 1/8 finalidayoq "Portu"ga imkoniyatni boy berib turnirni tark etdi.
"Keksa sinora" A Seriyada ham "Inter"dan 10 ochko ortda qolgan holda, jadvalda 4-o'rinda bormoqda.