SportUz.Net

ECHL. Hafta futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar malum + FOTO

08.09.2022 16:00    


Rasmni yuklab olish

UEFA Evropa chempionlar ligasi 1-turining eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun 4 nafar nomzodni elon qildi.

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe "Yuventus" bilan (2:1) o'yinda dubl qayd etdi.

"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski "Viktoriya"ga qarshi (5:1) bahsda xet-trik rasmiylashtirdi.

"Napoli" yarim himoyachisi Petr Zelinski "Liverpul" bilan (4:1) o'yinda ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

"Bavariya" vakili Leroy Sane "Inter" bilan (2:0) uchrashuvda g'alaba to'pini kiritdi.

Sizningcha eng yaxshi futbolchi bo'lish uchun kim ko'proq loyiq?



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: