SportUz.Net
photo photo

Anchelotti: "Real"ni favorit hisoblashmayotganidan xafa emasman. O'tgan mavsum ham bizni ancha erta hisobdan chiqarib qo'yishgandi"

06.09.2022 17:25    


Rasmni yuklab olish

"Real Madrid" ustozi Karlo Anchelotti jamoasiga CHempionlar Ligasida favorit sifatida qarashmayotganidan xursandligini aytib o'tdi.

Bugun madridliklar safarda "Seltik"ga qarshi bahs bilan musobaqadagi ishtiroklarini boshlashadi.

– Bizni qiyin o'yin kutib turibdi. Xuddi biz kabi "Seltik" ham yaxshi sport formasida va jamoa intensiv o'yin ko'rsatadi. Biz raqibni o'rganib chiqtik va tayyorgarlik ko'rdik. "Real" guruh bosqichini yaxshi boshlashga tayyor.

"Real"ni ECHLda hamisha hurmat qilishadi. Klubning ushbu musobaqadagi g'alabalari bunga majbur qiladi. Biz katta ishtiyoq va qiziqish bilan guruhni boshlayapmiz, ammo ushbu bosqich yakunida qanday holat bo'lishini aniq ayta olmaymiz. SHuningdek, jahon chempionatidan keyin nimalar bo'lishi ham muhim.

– "Real"ga turnir favoriti sifatida qarashmayapti. Bunga sizning munosabatingiz qanday?
– Hayron bo'lganim yo'q. Bu yaxshi belgi deb o'ylayman. O'tgan mavsum imkoniyatlarimizni hozirgidan ham kamroq deb baholashgandi. Biz esa o'tgan mavsumdagidek oxirigacha kurashamiz. Umid qilamanki, hech bo'lmasa finalga etib boramiz.

– "Real"ning gugurhi oson deb o'ylaysizmi?
– Unday emas. Ro'baro kelishimiz kerak bo'lgan jamoalarni yaxshi bilamiz. "Seltik" ham, "Leypcig" va "SHaxter" ham hurmatga loyiq jamoalar. O'tgan yili "SHerif" bilan bo'lgan o'yinni unutganimiz yo'q. Turnir startida syurprizlar uchrab turishini ham yaxshi bilamiz. Menimcha, guruhimizda bir-biriga yaqin jamoalar jam bo'lgan, – dedi Anchelotti.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: