26 yoshli ispan "Real Sosedad" klubi bilan shartnoma imzolashi mumkin.
Futbolchi bask jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va "qaymoqranglilar"ga qadar (2018 yil, yoziga qadar) u erda to'p tepgan. Uning "Real" bilan shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan.
Odriosola o'tgan mavsum "Fiorentina" tarkibida ijarada o'ynadi. U italyan jamoasi safida barcha musobaqalarda 27ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.