SportUz.Net

"Tottenxem" yarim himoyachisi Uinks ijara asosida italyan klubiga o'tdi

31.08.2022 15:00    


Rasmni yuklab olish

"Tottenxem" yarim himoyachisi Xarri Uinks "Sampdoriya"ga o'tdi.

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda. Italyan jamoasi 26 yoshli o'yinchini bir mavsumga ijaraga oldi.

Angliyalik yarim himoyachi "Tottenxem" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning "shporlar" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Uinks o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 30ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: