"Barselona" vingeri Memfis Depay Kataloniya klubi qaroriga ko'ra "Yuventus"ga o'tmadi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.
"Byankonerlar" niderlandiyalik futbolchini faqat erkin agent sifatida qo'lga kiritishga tayyor edi. Biroq "ko'k-anorranglilar" futbolchini tekinga qo'yib yuborishdan bosh tortishdi.
Oldinroq "Yuventus" Depayga qiziqish bildirgani tasdiqlangan edi.