“Faoliyatini yakunlash vaqti keldi. Ronaldu nafaqaga chiqish bo'yicha qarorini kechiktirmasligi kerak. U ishtirokidagi oxirgi mavsumlarni hech kim eslamaydi deb hisoblayman. Faqatgina uning buyuk davrlari yodimizda qoldi. Krishtianu, tugatish vaqti keldi”, deydi Larke.
Eslatib o'tamiz, 37 yoshli hujumchi joriy mavsum APLda 4 bahsda zaxiradan o'yinga tushib, birorta ham samarali natija ko'rsatolmadi.