SportUz.Net

"Manchester Yunayted" yozda "San-Paulu"ga 18 mln funt to'laydi

30.08.2022 10:25    


Rasmni yuklab olish

"Manchester Yunayted" klubi transfer bandlari tufayli Braziliyaning "San-Paulu" klubiga 18 mln funt to'laydi.

So'nggi xabarlarga ko'ra, "Yunayted" "Ayaks"dan 84 mln funt-sterling evaziga Antonini xarid qilmoqda, bu Niderlandiya chempionati uchun transfer rekordi hisoblanadi.

Qayd etilishicha, braziliyalik futbolchi sobiq ustozi qo'l ostidagi klub bilan 2027 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolaydi.

"Qizil iblislar" amsterdamliklar bilan bir qatorda futbolchining avvalgi klubi — "San-Paulu"ga ham 18 mln funt o'tkazib berishi kerak, sababi "Ayaks" va Braziliya klubi o'rtasidagi kelishuvda Antonining keyingi transferidan 20 foiz pulni Janubiy Amerika klubi olishi kerakligi kelishib olingandi.

Eslatib o'tamiz, Antonidan avval Niderland klubining yana bir futbolchisi Lisandro Martines ham ingliz klubi safiga qo'shilgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: