37 yoshli o'yinchining agenti London klubidan poziciyasi o'zgarganmi yoki yo'q, shuni so'radi. U Ronalduni CHempionlar Ligasida o'ynaydigan klubga o'tkazmoqchi.
Qayd etish kerakki, hujumchi transfer oynasi boshida "ko'klar"ga taklif etilgan, ammo jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxel bitimga qiziqish bildirmagandi, hozir ham uning poziciyasi o'zgarmagan.
Portugaliyalik joriy mavsum MYU safida APL doirasidagi 3ta o'yinda maydonga tushdi. Ronalduning klub bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.