SportUz.Net
photo photo

Belotti "Roma"ga o'tish oldidan tibbiy ko'rikdan o'tdi

28.08.2022 11:50    


Rasmni yuklab olish

Hujumchi Andrea Belotti "Roma"ga o'tish oldidan tibbiy ko'rikdan o'tdi.

Bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda. 28 yoshli italiyalik va Rim klubi o'rtasidagi shartnoma shartlari bir necha hafta oldin kelishib bo'lingan edi.

Hujumchi o'tgan mavsum "Torino" safida barcha musobaqalarda 23 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 1 ta assist qayd etdi. U Turin klubidan mavsum so'nggi erkin agent maqomida ketdi.

Transfermarkt portali Belottini 20 million evroga baholamoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: