“Zidan men o'ynagan futbolchilar ichida eng zo'ri edi. U futbolchi bo'lishi uchun tug'ilgan. Zidan to'p bilan muomala qilganda ko'rinmas tola borga o'xshardi. Qanday holatda bo'lmasin, to'p doimo undan bir xil masofada turardi. Unda o'zgacha instinkt bor edi, u bir teginish bilan to'pni o'zi xohlagan tomonga yo'naltira olardi va mukammal tarzda nazorat qilardi.
U qoyilmaqom bo'lgan. CHap va o'ng oyog'i juda tez, kuchli edi. U Kroyfning harakatini takrorlab, himoyachidan o'tib ketishga qodir bo'lgan. Zidan juda kuchli edi”, deydi Ouen.
Eslatib o'tamiz, Ouen va Zidan 2004/05 yilgi mavsum “Real” safida birga o'ynagan.