Manbaning xabariga ko'ra, portugaliyalik futbolchining bunday qaroriga "Real" yarim himoyachisi Kazemironing "qizil iblislar" lageriga o'tgani sabab bo'lgan. Eslatib o'tamiz, Ronaldu va Kazemiro Ispaniyaning "Real" klubida birga o'ynagan. Oldinroq Ronaldu faoliyatini Dortmundning "Borussiya", "Sporting" yoki "Marsel" klublaridan birida davom ettirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Premer-liganing birinchi turida Ronaldu "Brayton"ga qarshi o'yinda zaxiradan maydonga tushdi. "Brentford"ga qarshi bahsda esa (0:4) to'liq o'ynadi, ammo har ikki uchrashuvda ham gol ura olmadi.